«avtomobilsiz kun» tegli maqolalar


Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi — foto, video
24 aprel 2024, 15:58

Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi — foto, video

24-aprel kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” doirasida rahbarlar va xodimlar piyoda yoki jamoat transportida ishga bordi. Ular orasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova bor. “Gazeta.uz” jarayon aks etgan video va suratlarni bir sahifaga jamladi.

Video: Sherzod Shermatov bilan piyoda. “Muammoni aytish oson, uni yechish — eng qiyin narsa”
3 aprel 2024, 00:14

Video: Sherzod Shermatov bilan piyoda. “Muammoni aytish oson, uni yechish — eng qiyin narsa”

“Avtomobilsiz kun”da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.

Vazirlar va boshqa amaldorlar — avtobus va metroda. Toshkentda “Avtomobilsiz kun” qanday o‘tdi?
29 mart 2024, 21:05

Vazirlar va boshqa amaldorlar — avtobus va metroda. Toshkentda “Avtomobilsiz kun” qanday o‘tdi?

“Avtomobilsiz kun"da bir qator amaldorlar ishga jamoat transportida keldi. Transport vaziri — avtobusda, ekologiya vaziri — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri va MB raisi esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari uzoq vaqt davomida “zebra"dan o‘ta olmadi.

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
27 mart 2024, 20:34

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi

29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.

Toshkentda “Avtomobilsiz kun”larda amaldorlar namuna bo‘ladi
23 fevral 2024, 01:27

Toshkentda “Avtomobilsiz kun”larda amaldorlar namuna bo‘ladi

Prezident Toshkent shahrida har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Avtomobilsiz kun” loyihasini tasdiqladi. Barcha davlat organlari rahbarlari va xodimlariga ishga jamoat transportida kelish orqali “namuna ko‘rsatish” topshirildi.

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda
31 yanvar 2024, 13:00

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lishi, bunda rahbarlar jamoat transportida yurish orqali namuna ko‘rsatishi belgilandi. 2020-yilda ham rahbarlarga haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmasdan ishga kelib-ketish tavsiya etilgan.

O‘zbekistonliklar “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shilishga chorlandi
21 sentabr 2023, 23:14

O‘zbekistonliklar “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shilishga chorlandi

22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni. O‘zbekistonda bu sana 2021-yildan buyon nishonlanmoqda. YHXX, Transport hamda Ekologiya vazirliklari shu kuni aholini shaxsiy avtomobil o‘rniga jamoat transporti, velosipeddan foydalanish yoki piyoda yurishni tanlashga chaqirdi.

Toshkentda 22-sentabrda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi
18 sentabr 2023, 15:50

Toshkentda 22-sentabrda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 22-sentabr kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Aholiga piyoda yurish, velosiped va jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi
26 aprel 2023, 17:49

Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi

Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida vazirlik, korxona va hokimliklarning barcha xodimlarini har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi.

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi
2 dekabr 2020, 15:54

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi

Hukumat qaroriga ko‘ra,1 dekabrdan boshlab rahbarlarga ishga kelib-ketishda avtomobillardan foydalanmaslik tavsiya etildi. Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi.

Qashqadaryoda hokimlar velopoygada qatnashishdi. Foto
31 avgust 2020, 12:07

Qashqadaryoda hokimlar velopoygada qatnashishdi. Foto

Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting